Isteʼmolga yaroqsiz sut mahsulotlari aniqlanib yo‘q qilindi.
Namangan viloyati IIB JXX JTSB Karantin tadbirlarini taʼminlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan joriy yil 12 maydan 13 mayga o‘tar kechasi Namangan viloyati Norin tumanidagi YPX maskanida Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan avtomashina to‘xtatib tekshirildi. Tekshiruv natijasida avtomashina yukxonasida hech qanday hujjatlarga ega bo‘lmagan sut va sut mahsulotlari borligi aniqlandi. Aniqlangan mahsulotlarni viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra isteʼmol uchun yaroqsiz deb topilgan. Mahsulotlar hamkor tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati