3 Iyul 2021 yil
357
“iphone-XS” tunab ketildi.
2021 yil 24 iyun' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 8 iyun' kuni tanishi, Namangan shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, Namangan shahrida narxi 3.000.000 so‘mlik “Iphone-XS” rusumli uyali telefon apparatini foydalanib qaytarib berishini aytib, telefonini qaytarib bermaganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati