4 Sentyabr 2021 yil 358

Ikki yigit 1 bosh molni o‘g‘irladi.

Joriy yil 1 sentyabr' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan dala bog‘idan narxi 3.000.000 so‘mlik bir bosh molini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB HPMB profilaktika inspektorlari va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan va Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etilganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 3 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech