23 Oktyabr 2020 yil
542
Ikki Neksiyaning to‘qnashuvi natijasida yo‘lovchi jarohat oldi.
Shu yil 11 oktyabr kuni soat 23:30 larda, Namangan shahar Axsikent MFY Axsikent ko‘chasida Neksiya rusumli avtomashinani yo‘l varaqasi bilan boshqarib borayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, yana bir Neksiya rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Natijada, Neksiya rusumli avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi o‘ng yelka suyagining yopiq siljib sinishi, peshona, ko‘krak qafasi, o‘ng va chap tizza sohalarini shilinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 21 oktyabr kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati