18 Sentyabr 2021 yil 1295

Ikki nafar piyoda YTX tufayli vafot etdi.

2021 yil 14 sentyabr' kuni soat 19:15 larda, Pungon-Namangan yo‘lining 69 km.da, Sharq MFY hududida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro VAZ-2106 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalar, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1954 yilda tug‘ilgan fuqaro va birga yashagan 2019 yilda tug‘ilgan nabirasini urib yuborgan.

Natijada, piyodalar olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etganlar.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaroni O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech