Ikki "Damas" to‘qnashuvida voyaga yetmagan yo‘lovchi vafot etdi.
2021 yil 23 iyul' kuni soat 09:30 larda, Xazratishox-Chortoq yo‘lining 12 km.da, Bodomzor MFY hududida, Chortoq tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Chortoq tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaroni boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.Natijada, Damas rusumli avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchilar, Chortoq tumanida yashovchi, 1953 yilda tug‘ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan hamda shu avtomashinada bo‘lgan, Chortoq tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, 2017 yilda tug‘ilgan qiz tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 iyul' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati