21 Fevral 2022 yil 599

“Ayollar o‘rtasida jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha” amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot

Namangan viloyati IIB HPB Hotin-qizlar masalalari bo‘yicha faoliyat olib boruvchi hodimalar tomonidan Davlatobod tumanidagi 53-sonli umum ta'lim maktabida “Ayollar o‘rtasida jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha”  ochiq muloqot o‘tkazildi.  Ayollarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, jamiyatda yurish turish qoidalari, ijtimoiy odoblarga rioya qilishlari, huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, kabi mavzularda o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Bundan tashqari ishsiz ayollarni ish bilan ta'minlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Jinoyat sodir etilmasligi haqida ham tushunchalar berib o‘tildi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech