12 Noyabr 2021 yil 3163

Ijtimoiy tarmoqlarda “Inson qadri” sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Namangan shahar bo‘yicha IIO FMB ayrim rahbarlarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan 10 daqiqadan iborat videomurojaati tarqatilgan.

O‘rganish davomida, 2021 yil sentyabr oyida fuqaro M.Yu.ning katta leytenant S.O.ning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib yozgan arizasiga asosan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida, katta leytenant S.O. 2021 yil boshlarida Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaro va uning birga yashovchi o‘g‘li, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro hamda Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqarolarga kredit olib berishni va'da qilib, ishonchiga kirib, ularning shaxsiga oid hujjatlarini nusxalarini olib, so‘ng rasmiy hujjatligini bila turib, sohta ma'lumotlar kiritib, ushbu fuqarolarning nomlariga “Xalq banki” orqali 81.400.000 so‘m kredit olib, ko‘p miqdordagi mulklarini qo‘lga kiritib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlanib, tekshiruv yakuniga ko‘ra 2021 yilda katta leytenant S.O.ni egallab turgan lavozimidan ozod etilishi haqida xulosa qilingan.

Namangan viloyati IIBning xizmat tekshiruvi xulosasi va to‘plangan hujjatlar aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish uchun Namangan shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Prokuratura organlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv yakuniga ko‘ra, yuqoridagi holat yuzasidan 21.10.2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-modda 3-qismi “b,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda katta leytenant S.O. javobgarlikdan qutilish maqsadida, o‘zining rahbarlaridan noroziligi mazmunida videomurojaat qilgan bo‘lib, videomurojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida, ushbu holatlar o‘zining tasdig‘ini topmagan.
Videomurojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan hozirda qo‘shimcha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, katta leytenant S.O.ning yetarli asoslari bo‘lmagan holda o‘zining rahbariga tuhmat qilib, bila turib, shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganligi holatiga huquqiy baho berish maqsadida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

 

Namangan viloti IIB Axborot xizmati

Text to speech