20 Fevral 2022 yil 1697

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganda maskali akalar va GAI akalar xalqni qo‘rqitib, fuqarolarga nisbatan elektroshokerlarni ishlatishmoqda" izohi bilan tarqalgan habar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

Joriy yil 16 fevral kuni soat 20:38 larda Namangan shahar I.Karimov ko‘chasida YPX inspektorlari tomonidan yo‘l transport hodisalarini barvaqt oldini olish, harakat xavfsizligini ta'minlash yuzasidan xizmat olib borilayotgan vaqtda Vaz 21011 rusumli avtomashinani to‘xtatib tekshirilgan. Tekshiruv natijasida haydovchi transport vositasiga tegishli ruxsatnomasiz qo‘shimcha gaz ballon (ya'ni odatda avtomashinada bitta gaz balonga ruxsat beriladi) o‘rnatib olganligi sababli avtomashinani ruxsatiz qayta jixozini bartaraf etish uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan. Haydovchi ushbu holatda huquqbuzarligiga to‘liq iqrorligini bildirgan bo‘lsada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro vaziyatga provakasion tus berib, turli xil baxonalar bilan avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berishini aytib, inspektorni tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib, inspektorlarga nisbatan jamoatchilik orasida salbiy fikr uyg‘otishga uringan.

Tadbir jarayonida hech bir haydovchiga nisbatan elektroshoker ishlatilmagan.

Hurmatli haydovchilar, YPX inspektorlarining aybini qidirish o‘rniga o‘z kamchiliklaringizni bartaraf etishni tavsiya qilamiz!

Ogoh bo‘ling, kuchaytirilgan tartibdagi reyd jarayonlari hali uzoq davom etadi. Qoidabuzarlar esa kechirilmaydi. Shunday ekan, o‘z foydangizga ishlaydigan videotasvirlar olgandan ko‘ra, namunali harakatlanish uchun yo‘l tartib-qoidalarini to‘liq rioya eting!

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech