17 Mart 2022 yil
456
Qidiruvdagi shaxs aeroportda qo‘lga tushdi.
2022 yil 11 mart kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, IIV TEQKB O‘MIB tezkor vakili tomonidan olingan ma'lumotga asosan O‘z.R JKning 244-²moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan,
Chust tumani Tepaqo‘rg‘on MFY Chust ko‘chasi 33-uyda yashagan, mavsumiy ishchi, sudlanmagan, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro IIV TEQKB O‘MIB tezkor vakili va IIV Tergov departamenti O‘MIB tergovchisi hamda Namangan viloyati IIB TEQKB xodimlari bilan hamkorlikda “Istanbul-Toshkent” yo‘nalishida Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportida kutib olinib, O‘z.Res IIV VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati