10 May 2025 yil 523

Qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi

Joriy yilning 4 may kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Kosonsoy tumani, “Olmazor” mahallasida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.A Kosonsoy tumani IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech