23 Iyun 2025 yil 791

Qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo‘lga tushdi

Joriy yilning 3-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi va 184-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Davlatobod tumani, “Nurobod” mahallasida yashagan, 1985-yilda tug‘ilgan, fuqaro G‘.A viloyat IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahrining Chilonzor tumani hududidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech