6 May 2025 yil
374
Qidiruvdagi shaxs Toshkent viloyatidan ushlandi
Joriy yilning 30-aprel kuni viloyat hududi boʻylab oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda boʻlgan, Namangan shahri, “Ilgʻor” mahallasida yashovchi, 1994-yilda tugʻilgan, M.A viloyat va shahar IIB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati hududidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati