7 Iyul 2025 yil
379
Qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo‘lga olindi
Joriy yilning 26-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahar, “Diyor” mahallasida yashagan, 1988-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.I viloyat IIB va shahar IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yakkassaroy tumani hududidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati