1 Iyul 2025 yil
286
Qidiruvdagi shaxs Toshkent viloyatidan ushlandi
Joriy yilning 15-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Yangiqo‘rg‘on tumani, “O‘rta” mahallasida yashagan, 1970-yilda tug‘ilgan, fuqaro X.R. Yangiqo‘rg‘on tuman IIB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati