19 Iyul 2025 yil
611
Qidiruvdagi shaxs Toshkent viloyatida qo‘lga olindi
Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Uchqo‘rg‘on tumani, “Ulug‘bek” mahallasida yashagan, 1980-yilda tug‘ilgan, fuqaro G‘.U viloyat IIB va Norin tumani IIB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Bo‘ka tumani hududida ushlanib, Tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati