25 Sentyabr 2025 yil
98
Qidiruvdagi shaxs Namangan shahri hududida ushlandi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 22-sentyabr kuni Davlatobod tuman "Davlatobod" mahallasida yashovchi O'zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib qidiruvda bo'lgan fuqaro Namangan shahar hududidan ushlanib viloyat IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati