23 May 2025 yil 903

Qidiruvdagi shaxs Mingbuloq tumanida ushlandi

Joriy yilning 14 may kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi va 228-moddasi 2,3-qismlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Bog‘” mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, fuqaro X.I Mingbuloq tumani IIB boshlig‘i tomonidan, tumanning “Birlashgan” mahallasi hududidan ushlanib, tuman IIB VSHga joylashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech