26 May 2025 yil
476
Qidiruvdagi shaxs hisbxonaga joylashtirildi
Joriy yilning 15-may kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi va 228-moddasi 2,3-qismlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Bog‘” mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, fuqaro X.A. Transportda XTB Pop bo‘limi xodimlari tomonidan Pop tumani hududida ushlanib, tuman IIBga topshirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati