10 May 2025 yil
187
Qidiruvdagi shaxs hibsxonaga joylashtirildi
Joriy yilning 3 may kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi va 127-moddasi 3-qismlarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahar, “Yangi qurilish” mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.M o‘zining mahallasi hududida Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati