3 May 2025 yil 502

Qidiruvdagi shaxs Farg‘ona viloyatidan ushlandi

Joriy yilning 28 aprel kuni o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib qidiruvda bo‘lgan, Mingbuloq tumani “Nayman” mahallasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan, fuqaro X.L Mingbuloq tumani IIB xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani hududidan ushlanib, tuman IIB VSHga joylashtirilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech