11 Iyul 2025 yil
215
Qidiruvda bo‘lgan tovlamachi qo‘lga olindi
Joriy yilning 27-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi va 141-moddasi 1- qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Gaznon” mahallasida yashagan, 2001-yilda tug‘ilgan, fuqaro X.R viloyat IIB va Yangiqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahar Sergeli tumanidan ushlanib, viloyat IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati