30 Dekabr 2024 yil 1112

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish bo‘yicha tanlov e‘lon qilinadi

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablari asosida o‘tkaziladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- Yashash manzili bo‘yicha Namangan viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;

- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan bo‘lishi;

- Erkaklar uchun bo‘yi 165 santimetrdan, ayollar uchun 160 santimetrdan past bo‘lmasligi (bo‘y parametrlari ayrim mutaxassisliklar uchun alohida belgilangan);

- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi (erkaklar uchun);

- Oliy ma‘lumotga ega bo‘lgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.

Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida 2025-yilda Namangan viloyati ichki ishlar organlari uchun quyidagi mutaxassisliklar tayyorlanadi:

- Yo‘l-patrul faoliyati (bo‘yi 175sm / 170sm);

- Jamoat tartibini saqlash faoliyati (bo‘yi 170sm / 165sm);

- Pasport tizimini ta‘minlash faoliyati (bo‘yi 165sm / 160sm);

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan doimiy ro‘yxatda turadigan manzillaridagi ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qilishlari so‘raladi:

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- harbiy guvohnoma;

- oliy ma‘lumotni tasdiqlovchi diplom;

- qarindoshlarning (ota-ona, er-xotin, farzandlar, aka-uka, opa-singil, shuningdek turmush o‘rtog‘ining ota-ona, aka-uka, opa-singil) biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi;

- o‘qish va ish (agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan bo‘lsa) joyidan tavsifnoma;

- fuqaro tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

- anketa-ma‘lumotnoma;

- belgilangan namunadagi sog‘lig‘ining holati haqida ma‘lumotnoma (bo‘yining balandligi bo‘yicha antropometrik parametri ko‘rsatilgan holda).

O‘qish arizalar 2025-yilning 16-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi

Namangan viloyati IIB MMI va KBTX

Text to speech