22 May 2023 yil 350

Hovlisida “Ko‘knor” yetishtirayotgan fuqaro aniqlandi

2023 yil 12 may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2023” tadbiri davomida Uchqo‘rg‘on tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan shu tumanda yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, hovlisidagi ekinlari orasida 30 tup ko‘knor o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.Namangan viloyati IIB EKMning xulosasida ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Ko‘knor” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech