Xonadonning tom qismida «Kannabis» yetishtirib kelayotgan fuqaro aniqlandi.
2023 yil 22 aprel kuni viloyat IIB JXX JTSB PPXB ISOMTO‘XT otryadi safdor xodimlarining bergan maʼlumotiga ko‘ra, To‘raqo‘rg‘on tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari hamda kinolog xodimlari tomonidan shu tumanda yashovchi, 1982 yilda fuqaroning yashash hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, hovlining tom qismida plastmassa idishda 1 tup «Kannabis» o‘simligini tagiga ishlov berib, parvarishlab kelganligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan. Viloyat IIB EKBning xulosasida ushbu o‘simlik «Kannabis» o‘simligiga xos xidli, tarkibida, aktiv giyohvandlik moddasi tetragidrokannabiol saqlashi va ushbu o‘simliklar «Kannabis» o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati