27 Aprel 2021 yil 1375

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklangan kelin haqidagi axborot yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati

Namangan shahrida yashovchi fuqaro M.K. To‘raqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda, kuyovi To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi A.X. qizi U.X.ni joriy yil 12 aprel kuni rashk sababli urib tan jarohati yetkazganligini ma'lum qilib, kuyoviga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

To‘raqo‘rg‘on tumanlararo STEBning sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra fuqaro U.X.ning tan jarohatlari ko‘krak qafasi orqa yuzasi chap va o‘ng tomonlarida to‘qima defekti bilan bo‘lgan yaralar borligi, ko‘krak qafasi old va orqa yuzalarida, yelka kamarida, har ikkala yelkalarida, bilaklarida, qo‘l kaftlarida, sonlarida teriosti gematomalar borligi, har ikkala ko‘z qovoqlarida yuzida, ko‘krak qafasi old yuzasida, bosh tepa sohasida qontalashlar aniqlangan bo‘lib, ushbu jarahatlar o‘tmas qattiq buyum ta'siridan kelib chiqqanligi, ayrim qontalashlar fonida ilmoqsimon, bir tomoni ochiq oval shaklli ekanligi, slindirik ko‘rinishli boshqa qontalashlar aniqlanganligi, bular yarim qattiq buyum hisoblangan arqon ta'siridan yuzaga kelgan bo‘lishi inkor etilmaganligi, aniqlangan jarohatlar sog‘liqni qisqa vaqt- 6 kundan ko‘p 21 kundan kam bo‘lgan muddatga buzilishiga olib keladigan hususiyatga ega bo‘lgani uchun og‘irlik darajasiga ko‘ra, sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan YeNGIL tan jarohatlari toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha fuqaro A.X.ning qilmishlarida O‘zbekiston  Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligini inobatga olib, 2021yil 24 aprel' kuni To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech