Haydovchining ehtiyotsizligi sabab yo‘lovchi vafot etdi.
2021 yil 11 may kuni 09:30 larda, Chortoq-Yangiqo‘rg‘on yo‘lining 22 km.da, Gulshan MFY hududida, Chortoq tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi orqali boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, olma daraxtiga urilgan.
Natijada xaydovchi bosh miya yopiq shikasti, yuz va o‘ng qo‘l tirsaklari shilingan jarohat tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Chortoq tumanida yashagan, 1983 yilda tug‘ilgan ayol tan jarohati olib shifoxonada vofot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 may kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati