Harbiy qismda uch avlod uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar oliy Bosh Qo‘mondoni Mirziyoev Shavkat Miromonovichning 2021 yil 22 noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Quchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5-sonli Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda 2021 yilning 27 dekabr kuni Namangan Davlat Universiteti Musiqa ta'limi va madaniyati fakul'teti talabalari, O‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi tomonidan tashkil etilgan “Turon Patriot” nodavlat ta'lim muassasasining tinglovchilari ishtirokida “Vatan tinchligi-bebaho ne'mat!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Mudofaa Ishlar Boshqarmasi Faxriylar ishlari bo‘yicha kengashi a'zolari hamda harbiy qismning harbiy xizmatchilari ishtirok etishdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati