8 Iyul 2021 yil
613
Harakat xavfsizligini ta'minlay olmay.
2021 yil 5 iyul' kuni soat 19:00 larda, To‘raqo‘rg‘on-Kalvak-Buramatut yo‘lining 7 km.da, Kalvak MFY hududida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, yo‘lni o‘ng tomonida ketayotgan piyoda, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada piyoda olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 5 iyul' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati