22 Mart 2021 yil
386
Hamkorlikdagi tadbir natijasida qidiruvdagi shaxs ushlandi.
Joriy yil 18 mart kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, O‘z.R JKning 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB TQXB boshlig‘i, viloyat IIB JQB tezkor vakili va Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan Namangan shahar Navoiy ko‘chasidan ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati