Go‘zallik salonidagi o‘g‘irlik fosh etildi.
Joriy yilning 9 yanvar' kuni Namangan shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan ayollar go‘zallik saloniga borib, qo‘lida bo‘lgan ayollar sumkasini stul ustiga qo‘ygan vaqtida, noma'lum shaxs sumkasidan 720.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, ayol jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, shu kuni soat 14:10 larda Namangan shahar Davlatobod tumanida joylashgan ayollar go‘zallik salonida, Namangan shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan ayolni qo‘lida bo‘lgan ayollar qo‘l sumkasini stol ustiga qo‘yganligidan foydalanib, sumkasini ichida bo‘lgan 450.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 10 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati