9 Dekabr 2021 yil
585
GAZ-53 rusumli avtomashina fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘ldi
2021 yil 4 dekabr' kuni soat 12:05 larda, Katta Qurama MFY ichki yo‘lida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro MChJga tegishli bo‘lgan GAZ-53 rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashagan, 1960 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, velosipedchi voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-kismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati