3 Aprel 2021 yil
363
GAZ-53 haydovchisi harakat xavfsizligini ta'minlay olmadi
Joriy yil 19 mart kuni soat 14:00 larda, Pop tumani Maydamillat-Navbahor yo‘lining 1 km.da, GAZ-53 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetida ketayotgan 2003 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, o‘ng yelka suyagining sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati