22 Iyun 2021 yil
363
Fuqaroning telefonini o‘z ukasi o‘g‘irlagani ma'lum bo‘ldi.
Joriy yil 20 iyun' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 18 iyun' kuni soat 13:00 larda noma'lum shaxs, yashash uyi hovlisidagi zinada turgan narxi 2.700.000 so‘mlik “Samsung A-10S” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektori A.Abdumajidovlar tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni fuqaroning 1995 yilda tug‘ilgan ukasi sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati