31 Mart 2021 yil 242

Fuqaro o‘z ixtiyori bilan qurolni topshirdi.

Joriy yil 19 mart kuni Mingbuloq tumanida yashovchi 1954 yilda tug‘ilgan fuqaro shu yil 19 mart kuni yashash uyida eski uylarini buzayotgan vaqtida, uyning ichki qismi yer tagidan marhum otasiga tegishli bo‘lgan bir dona, 1966 yilda ishlab chiqarilgan, “Ij-K” rusumli, bir silliq stvolli, 28 kalibrli, 022565 seriya raqamli ov qurolni topib olib, o‘z ixtiyori bilan tuman IIBga topshirgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JPKning 84-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad etilib, O‘z.R JKning 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi raqami berilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech