28 Iyul 2021 yil 365

Fuqaro beton bo‘lagidan og‘ir jarohat oldi.

2021 yil 27 iyul' kuni soat 01:00 larda, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan ayol yashash xonadonida mahalladoshi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro qarz so‘rab borgan vaqtida, u bilan o‘zaro janjallashib, shu yerda bo‘lgan beton bo‘lagi bilan 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroni peshona qismiga bir marotoba urib, tan jarohati yetkazgan.
RShTYoIM Namangan filialining 2021 yil 27 iyul' kungi ma'lumotnomasida, fuqaroning bosh miya lat yeyishi, bosh miya chayqalishi, peshona sohasida 2 ta lat yegan yirtilishi, tubi maydalanish sanchilgan peshona suyagi, miya qattiq pardasi butunligi buzilmagan tan jarohatlar borligi aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 27 iyul' kuni O‘z.R JKning 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech