23 May 2025 yil
571
Fuqaroning egnidagi kiyimidan “gashish” giyohvand moddasi aniqlandi
Joriy yilning 4-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Davlatobod tumani IIB va viloyat IIB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan, Davlatobod tumani, “Orzu” mahallasi hududida, Namangan shahar Axsikent MFY K.Yormatov ko‘chasi 20-uyda yashovchi, mavsumiy ishchi, 1996-yilda tug‘ilgan, fuqaro M.Aning yonidan 0,27 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi xolislari ishtirokida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati