30 Sentyabr 2025 yil
47
Fuqaroning yonidan giyohvandlik moddasi aniqlandi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 27-sentyabr kuni Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanida yashovchi fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida sof og'irligi 195,2 gramm bo‘lgan "Gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati