25 Sentyabr 2025 yil 102

Fuqaroning yashash xonadonidan noqonuniy patronlar topildi

"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 22-sentyabr kuni Uchqo'rg'on tumani "Eshonto'pi'" mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni omborxonasida 6 dona ov qurolining patronlarini qonunga hilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 248-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech