31 Oktyabr 2025 yil
127
Fuqaroning yashash xonadoni oshxonasidan giyohvandlik moddasi aniqlandi
Joriy yilning 9-oktyabr kuni Kosonsoy tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Kosonsoy tumani “Gurmiron” mahallasida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan A.G‘.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, oshxonasida sellofan paketga o‘ralgan og‘irligi 53.44 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati