11 Noyabr 2020 yil 616

Foxishaxona fosh etildi.

Joriy yil 2 noyabr' kuni Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB HPB profilaktika inspektori va O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya Namangan viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi aloxida batal'on komandiri o‘rinbosari tomonidan Yangitong MFY 5A-kichik tumandagi xonadonlardan birida yashovchi, muqaddam O‘z.R JKning 131-moddasi 4-qismi bilan sudlangan ayol o‘z uyida 400.000 so‘m pul evaziga 21 yoshli yigit va 19 yoshli qizning o‘zaro jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 10 noyabr' kuni O‘z.R JKning 131-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech