21 Avgust 2025 yil
59
Firibgarlik sodir etib qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 26-iyul kuni viloyat hududida olib borilayotgan keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari natijasida, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan tumani “Sho‘rqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan X.Sni viloyat IIB probatsiya boshqarmasi xodimlari tomonidan, Namangan tumani "Qo‘qon qishloq" mahallasi hududidan ushlanib, Davlatobod tuman IIB VSHga joylashtirilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati