9 Sentyabr 2025 yil 386

Firibgarlik bilan olingan pullar egasiga qaytarildi

Joriy yilning 29-avgust kuni viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 6-avgust kuni, Chust tumani “Tepaqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi, 1946-yilda tug‘ilgan Q.M.ning plastik kartasidan 4.898.500 so‘m hamda joriy yilning 12-avgust kuni, Chust tumani “Shoyon” mahallasida yashovchi, 1967-yilda tug‘ilgan X.M.ning plastik kartasidan 1.868.000 so‘m pullarini yechib olgan shaxs, Chust tumani “Kamarsada” mahallasida yashovchi X.Z. ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech