30 Iyul 2021 yil 351

Firibgarga aldangan fuqarolar IIBga murojaat qildi.

2021 yil 7 iyul' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 5 yanvar' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, 2 bosh mollarni 31.000.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini 2020 yil 1 avgust kuni berishini aytib, mollarni olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Bundan tashqari, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro 2020 yil 5 yanvar' kuni, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroni ham ishonchiga kirib, 5 bosh mollarini 60.500.000 so‘mga sotib olishga kelishib, pullarini 2020 yil 1 avgust kuni berishini aytib, mollarini olib ketib, boshqa shaxslarga sotib yuborganligi aniqlangan.Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 iyul' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech