11 Iyul 2023 yil 376

Firibgarga aldangan ayol murojaat qildi

2023-yil 3-iyul kuni Namangan shahrida yashovchi, 1964-yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021-yil noyabr oyidan 2022-yil fevral oyigacha Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan ayol uni ishonchiga kirib, xorij davlatidan arzon narxlar evaziga shakar mahsulotlari olib kelib berishini aytib, 35.000 AQSH dollarini olib, o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilgan va chora ko‘rishni so‘ragan. Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan JKning 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech