Firibgar tuzog‘iga tushgan talabalar.
2022 yil 25 mart kuni, Norin tumanida yashovchi, Qirg‘iziston Respublikasidagi Jalolobodlik Davlat Universitetining 1-bosqich talabasi, 1989 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil noyabr oyida, Norin tumanida yashovchi, Andijon shaxridagi maktab direktori o‘rinbosari, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro uning ishonchiga kirib, Qirg‘iziston Respublikasi Jalalobod Davlat Universiteti sirtqi taʼlim yo‘nalishdagi o‘qishini Namangan viloyatidagi oliygohlarning biriga o‘tkazib berishini aytib, aldab, 250 AQSH dollari olib, hozirga qadar o‘qishga kiritib qo‘ymasdan yoki olgan pullarini qaytarib bermayotganligi maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, ushbu fuqaro 2021 yil mart oyidan avgust oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Norin tumanida yashovchi, Qirg‘iziston Respublikasi Jalalobod Davlat Universitetining 2-bosqich talabasi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroning ham ishonchiga kirib, kontrakt pullarini to‘lab qo‘yishini aytib, aldab, 800 AQSH dollarini olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 14 aprel kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati