10 Sentyabr 2020 yil 687

Firibgar pora bilan qo‘lga tushdi.

Joriy yilning 29 avgust kuni Kosonsoy tumanida yashovchi xususiy tadbirkor Namangan viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tadbirkorligi qoshida ishlab chiqarish sexi tashkil etish maqsadida 25 avgust kuni Namangan tumaniga borgan vaqtda o‘zini fermer xo‘jaligi rahbari deb tanishtirgan “Avaz” ismli shaxs bilan tanishib qoladi va unga bino qurish uchun yer qidirib yurganini aytadi. Shundan so‘ng “Avaz” ismli soxta fermer tumandagi Zarbdor MTP hududida 28 sotix yer maydonini ko‘rsatib, ushbu yer maydonini 100 ming AQSh dollariga sotishini, 50 ming AQSh dollarini oldindan bersa Namangan tumani hokimligida ishlovchi tanishlari bilan uchrashtirishini aytganini ma'lum qilgan.

Fuqaroning arizasiga asosan 29 avgust kuni viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir tashkil etildi. Tadbirga holislar va 10 ming AQSh dollari hamda 100 million so‘m pullar jalb etilib, ekspert kriminalistika bo‘limi xodimlari tomonidan pullarga kimyoviy usulda pora yozuvlari tushirildi.

Shu kuni Namangan shaxri Go‘zal dahasidagi oshxonalardan birida fuqaro “Avaz” ismli shaxs fuqarodan 10 ming AQSh dollari va 100 million so‘m pullarni pora berishga dalolat qilib firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda qo‘lga olindi.

Surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxsning ismi “Avaz” emasligi hamda uning hech qanday fermer xo‘jaligi va hokimlikka dahli yo‘qligi ma'lum bo‘ldi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech