12 Avgust 2021 yil 737

Faxriylar uchun ko‘hna qadamjolarga sayoxat tashkil etildi.

Namangan viloyati IIB tomonidan iste'fodagi faxriylarni yozning so‘nggi kunlarini mazmunli o‘tkazishlari va maroqli hordiq olishlarini ta'minlash maqsadida Samarqand va Buxoro shaharlariga ziyorat tashkil etildi. 48 nafar faxriylarimizni jalb etilgan 4 kunlik sayoxat davomida ko‘hna qadamjolar, tarixiy obidalar va asrlardan buyon o‘z savlatini saqlab qola olgan me'moriy yodgorliklar bilan yaqindan tanishish, qo‘shimcha ma'lumotlar olish imkoni beriladi.

Boshqarma tomonidan tashkil etilgan ushbu hayrli ish uzoq yillar sohada mehnat qilib, bugun farzand va nabiralar shirin tashvishi va rohati bilan yashayotgan faxriy xodimlarni ko‘nglini biroz bo‘lsada ko‘targan bo‘lsa ajab emas.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech