10 Noyabr 2020 yil 547

Erkak begona ayollarga tan jaroxati yetkazdi.

2020 yil 30 oktyabr' kuni soat 23:00 larda, Namangan shahrida yashovchi, shu yil sentyabr' oyida O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar hududida joylashgan “Asl” nomli savdo do‘koni oldida, Chortoq tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan va singillari, 1992 yilda tug‘ilgan hamda 1998 yilda tug‘ilgan ayollarni uyatli so‘zlar bilan so‘kib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, urib tan jarohati yetkazgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 9 noyabr' kuni O‘z.R JKning 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech