30 Sentyabr 2025 yil
60
Yonida giyohvandlik moddasi olib yurgan shaxs aniqlandi
"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 27-sentyabr kuni Yangi Namangan tumani "Yoshlik" mahallasida yashovchi fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida sof og'irligi 0,53 gramm bo‘lgan "Gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati